MARKAZIMIZ XIZMATLARI
Ayollar salomatligi markazi AyolCare har bir bemorimiz shaxsiy kompleks yondashuv va eng yaxshi tibbiy texnologiyalarga ega bo'lgan qulaylik va sog'liq uchun g'amxo'rlik hududi.

Ginekologiya
Hayotning turli bosqichlarida har bir ayol maxsus nazoratga, e’tiborli va nozik g'amxo'rlikka muhtoj. Reproduktiv tizimni kuzatuvchi va o'rganuvchi ginekologiya urologiya va endokrinologiya bilan chambarchas bog'liq.
AyolCare markazida biz bemorning ahvolini baholash va yuz berishi mumkin bo'lgan normadan chetga chiqishlarni aniqlashda zamonaviy biokimyoviy, mikrobiologik va gistologik tadqiqotlarga, shuningdek noinvaziv tadqiqot usullariga tayanamiz.
✓ Bepushtlik va homila tushishi masalalari bo'yicha maslahat
✓ Ginekologik kasalliklarni davolash
✓ Ginekolog-endokrinolog maslahati
✓ Hayz ko'rish siklini buzilishlarini davolash
Homiladorlikni kuzatish
Homiladorlikning boshlanishi bilan har bir ayolning hayotida jismoniy, hissiy, ijtimoiy o'zgarishlar vaqti boshlanadi.
Bizning markazda homiladorlik paytida ayol organizmining barcha xususiyatlarini hisobga olgan maxsus tayyorgarlik va kuzatish dasturlari ishlab chiqilgan
Homiladorlikni kuzatish dasturi butun muddat davomida kuzatishni ko’zda tutadi yoki har bir trimestr uchun alohida sotib olinishi mumkin. Dastur mutaxassislarga konsultatsiyalar va tekshiruvlarning, shuningdek laboratoriya va instrumental tadqiqotlarning savodli uyg’unligi tufayli homiladorlik jarayonini kechishini har tomonlama nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Ushbu yondashuvni qo'llash homiladorlikning og'ir kechishi yoki asoratlarini o'z vaqtida aniqlash va hatto oldini olish imkonini beradi. Ayol salomatligi - chaqaloq salomatligining asosi.
✓ Homiladorlikni oxirigacha ko’tara olmaslik bo'yicha maslahat
✓ Akusher-ginekolog maslahati
✓ Homiladorlikning alohida trimestrlari bo'yicha yoki homiladorlikning butun muddatini kuzatish bo’yicha maxsus dastur


Reproduktologiya
Reproduktilogiya sohasidagi muammolarni hal qilish nozik va juda injiq masala bo’lib va bu erda barcha eng kichik masalalarni hisobga olish zarur
Bepushtlikni davolashdagi eng muhim jihat - bu diagnostika va doimiy kuzatuvdir. Bizning Markaz ayollar va erkaklar salomatligini har tomonlama tekshirish, bepushtlik sababini aniq aniqlash imkonini beradi. Keyinchalik biz eng to'g'ri keladigan davolash usulini tanlaymiz:
✓ Dori-darmonlar bilan davolash
✓ Jarrohlik yo’li bilan davolash
✓ Ovulyatsiyaning nazorat ostidagi induksiyasi
✓ Tabiiy tsiklda bachadon ichida yoki juftining maniysi ovulyatsiya induktsiyasi
bilan urug'lantirish
Mammologiya
Mammologiya sut bezlarining fiziologiyasi va anatomiyasi, shuningdek ularning kasalliklarini diagnostikasi, oldini olish va davolash bilan shug'ullanadi. Zamonaviy asbob -uskunalar spektral tasvirlash uslubi tufayli sut bezlari holatini aniq baholash imkonini beradi, shuningdek, hatto ko'krak implantlari mavjudligida ham mamografiyani o’tkazishga imkon beradi.
Mammolog-onkologning asosiy vazifasiga-sut bezlarining shish o’sma oldi (mastopatiya) va shish o’sma kasalliklarini (fibroadenoma, saraton) tashxislash, homiladorlik va EKO ga bo’lgan ko'rsatmalarni aniqlash kiradi. Mammolog-shifokor yosh onalarga emizish, bolani laktatsiya davrida to'g'ri ovqatlantirish, laktostazni davolash bo'yicha tavsiyalar beradi va sut bezini mustaqil tekshirishni qanday to'g'ri o'tkazish kerakligini ko'rsatib beradi.
Tashxis qo'yish uchun bizning markazda sut bezlarining ultratovush tekshiruvi, maqsadli punksiyali biopsiya, ko’krak uchidan chiqayotgan suyuqlikning sitologik tekshiruvi, gormonal holatini tekshiruvini o’tkazish mumkin.
✓ Onkolog-mammolog shifokorni qabuli
✓ Sut bezlarining punksiyali biopsiyasi
✓ Sut bezlaridan chiqayotgan suyuqlikning sitologik o’rganish
✓ Ko'krak bezi saratonining erta tashxisi
✓ Bezarar ko'krak bezi kasalliklarining diagnostikasi va davolash
✓ Ginekolog bilan birgalikda konsultatsiya


UTT
Ultratovush tekshiruv-bu ultratovush to'lqinlar yordamida bemorning organizmini noinvaziv tekshiruvi bo'lib, bu xozirgi kunda diagnostik asbobli protseduralarning hammabop turi bo’lib, tashxis qo'yish yoki uni tasdiqlashning eng ishonchli va zarur usulidir.
Ultratovush tadqiqot yordamida ichki organlarning holati aniqlanadi, tomir dopplerografiyasi yordamida esa ko'plab tomir kasalliklari aniqlanadi, shuningdek homiladorlik paytida bachadon, kindik va homilaning qon ta'minoti tizimi aniqlanadi.
✓ Qorin bo'shlig'i organlari patologiyalarining diagnostikasi
✓ Kichik tos a'zolarining diagnostikasi
✓ Sut bezlari diagnostikasi
✓ Buyrak va qalqonsimon bez diagnostikasi
✓ Homiladorlik jarayonini kuzatish diagnostikasi
✓ Homila va yo'ldoshning holati diagnostikasi
Rentgenologiya
Rentgen diagnostikasi organ va to'qimalarning kasalliklarini aniqlashga imkon beradi Raqamli rentgen uskunasi yuqori sezuvchanlik bilan ajralib turadi va bemorning nurlanish darajasini bir necha barobar kamaytirishga imkon beradi.
Zichligi va kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiluvchi organizmning ko'plab organlari va to'qimalari, rentgen nurlarini turlicha singdiradi, bu esa hosil bo'ladigan tasvirning tabiiy kontrastiga sabab bo'ladi. Shu tufayli o'pka, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, buyraklar va ba’zi boshqa organlarning rentgenini maxsus tayyorgarliksiz o'tkazish mumkin.
✓ Malakali rentgenolog tomonidan berilgan baho va xulosa
✓ To'liq spektrli rentgenografiya
✓ Irrigografiya
✓ Gisterosalpingografiya
Ekskretor urografiya


Laboratoriya
Laboratoriya tadqiqot usullari turli patologiyalar, kasalliklar va boshqa sog'liq bilan bog’liq muammolarni aniqlash uchun ishlatiladi. Klinikamizda qon, siydik, najas, mikrobiologik, gistologik va sitologik tahlillarni o'z ichiga olgan keng ko'lamli laboratoriya tekshiruvlari o'tkaziladi.
Shuningdek, laboratoriya-asbobli tadqiqotlar doirasida immunologik, gormonal va yuqumli kasalliklar diagnostikasi o'tkaziladi.
✓ Qon va plazma tahlili
✓ Ejakulyantni (maniy) tahlil qilish
✓ Siydik va najasni tahlil qilish
✓ HCG tahlili
Operatsion blok
Ayollar reproduktiv tizimining murakkabligi va ko'p komponentliligi ko'pincha profilaktik jarrohlik talab qiladigan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayollarning reproduktiv tizimiga ta'sir qiladigan har qanday jarrohlik amaliyotlari, hoh u bachadon yoki tuxumdondagi xatarli o'smalarni olib tashlash yoki kichik tos a'zolari va tos bo'shlig'i bilan bog'liq operatsiya bo'lsin, ginekologik operatsiya hisoblanadi. Shuningdek, estetik ginekologik operatsiyalar ham mavjud bo'lib, ular ham bugungi kunda tez -tez o'tkaziladi.
Eng yangi asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy operatsion blo'k, shuningdek, markazimizdagi qulay statsionar sizga muammoning tezkor echimini va sog'ayishni ta'minlaydi.
✓ Jarroh-ginekolog maslahati
✓ Kichik ginekologik operatsiyalar
✓ Gisteroskopik va gisterorezektoskopik operatsiyalar
✓ Laparotomik va laparoskopik operatsiyalar
✓ Intim plastika


Terapevtik bo'lim
Terapevtik bo'limning diagnostik imkoniyatlari quyidagi tizimlarning holati va kasalliklarini baholash va kuzatish imkonini beradi:
✓ Yurak -qon tomir
✓ Nafas olish organlari
✓ Siydik chiqarish
✓ Qon hosil qilish organlari
✓ Oshqozon-ichak trakti
Bu erda zamonaviy diagnostika asbob-uskunalari yordamida tekshiruv o'tkaziladi, asbob -uskunalarimizning barcha zarur imkoniyatlari qo’llaniladi ko’rsatmalar esa zamonaviy dori-darmonlardan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu bo'limda bemorlar operatsiyadan oldingi tekshiruvdan o'tishlari
YANGILIKLAR VA AKSIYALARGA OBUNA
Markazning chegirmalari, aktsiyalari va yangiliklari haqida bilib oling — oson!