MARKAZIMIZ XIZMATLARI
Ayollar salomatligi markazi AyolCare har bir bemorimiz shaxsiy kompleks yondashuv va eng yaxshi tibbiy texnologiyalarga ega bo'lgan qulaylik va sog'liq uchun g'amxo'rlik hududi.

Mammologiya
Mammologiya sut bezlarining fiziologiyasi va anatomiyasi, shuningdek ularning kasalliklarini diagnostikasi, oldini olish va davolash bilan shug'ullanadi. Zamonaviy asbob -uskunalar spektral tasvirlash uslubi tufayli sut bezlari holatini aniq baholash imkonini beradi, shuningdek, hatto ko'krak implantlari mavjudligida ham mamografiyani o’tkazishga imkon beradi.
Mammolog-onkologning asosiy vazifasiga-sut bezlarining shish o’sma oldi (mastopatiya) va shish o’sma kasalliklarini (fibroadenoma, saraton) tashxislash, homiladorlik va EKO ga bo’lgan ko'rsatmalarni aniqlash kiradi. Mammolog-shifokor yosh onalarga emizish, bolani laktatsiya davrida to'g'ri ovqatlantirish, laktostazni davolash bo'yicha tavsiyalar beradi va sut bezini mustaqil tekshirishni qanday to'g'ri o'tkazish kerakligini ko'rsatib beradi.
Tashxis qo'yish uchun bizning markazda sut bezlarining ultratovush tekshiruvi, maqsadli punksiyali biopsiya, ko’krak uchidan chiqayotgan suyuqlikning sitologik tekshiruvi, gormonal holatini tekshiruvini o’tkazish mumkin.
✓ Onkolog-mammolog shifokorni qabuli
✓ Sut bezlarining punksiyali biopsiyasi
✓ Sut bezlaridan chiqayotgan suyuqlikning sitologik o’rganish
✓ Ko'krak bezi saratonining erta tashxisi
✓ Bezarar ko'krak bezi kasalliklarining diagnostikasi va davolash
✓ Ginekolog bilan birgalikda konsultatsiya
YANGILIKLAR VA AKSIYALARGA OBUNA
Markazning chegirmalari, aktsiyalari va yangiliklari haqida bilib oling — oson!